Jamiyat
Yashnobod tumanida avtomobil yonib ketdi
Yashnobod tumanida avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma’lumot taqdim etildi.
6 sentabr kuni soat 18:44 da Toshkent shahar Yashnobod tumani, Farg‘ona yo‘li ko‘chasi 5-b uy oldida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 18:50 da yetib borib, yong‘in soat 18:54 da o‘chirildi.
Foto: FVB
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.