Jamiyat
Yaqin Sharqdagi o‘zbekistonliklar uchun maxsus Telegram-bot ishga tushirildi
Yaqin Sharq mamlakatlariga turoperator va turagentlar xizmatlari orqali sayyohlik maqsadida borgan fuqarolarimiz noqulay vaziyatlarda qolib ketishini oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan maxsus Telegram bot @tourism_murojaat_bot ishga tushirildi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi.
Mazkur bot orqali mamlakatimiz fuqarolari o‘zlari haqida yoki ularning yaqin qarindoshlari tomonidan ma’lumotlarni kiritgan holda Turizm qo‘mitasini xabardor qilishlari mumkin. Mazkur ma’lumotlar asosida fuqarolarni birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasiga olib kelish choralari ko‘riladi.
Ushbu bot orqali murojaat qoldirishda fuqarolardan aniq va to‘liq ma’lumot taqdim etish so‘ralmoqda.