Jamiyat

Yaponiyalik olimlar ozishning kutilmagan usulini ishlab chiqadi

Published

on


Osaka universiteti tadqiqotchilari bir martalik genetik aralashuv orqali semizlik va qandli diabetdan xalos qilish usulini taklif qilmoqda.

Yaponiyalik olimlarning yangi tadqiqoti semizlik va qandli diabetni davolashga bo‘lgan yondashuvni tubdan o‘zgartirishi mumkin. Odatda vazn kamaytiruvchi dorilar muntazam ukol tarzida yuboriladi, ammo Osaka universiteti tadqiqotchilari bunday zaruratni yo‘qotadigan bir martalik genetik aralashuv usulini taklif qildi. 

Bu yondashuv odatdagi gen terapiyasidan farq qiladi: olimlar kasallikka sabab bo‘ladigan mutatsiyalarni tuzatish o‘rniga, sichqonlarning jigar hujayralariga GLP-1 gormoni muqobili bo‘lgan eksenatidni kodlovchi yangi genni kiritdi. Eksenatid ishtahani pasaytiradi va moddalar almashinuvini yaxshilaydi. U diabet va semizlikka qarshi ishlatiladigan dori tarkibida mavjud, lekin undan doimiy ravishda foydalanib yurish kerak.

«Bizning yondashuvimiz gen terapiyasi va biologik dorilar afzalliklarini birlashtirdi. Tadqiqotimiz shuni ko‘rsatdiki, zarur genni organizmga kiritish orqali hujayralar bir necha oy davomida kerakli modda ishlab chiqarishni o‘zlari davom ettirishi mumkin — bu esa doimiy ukollarga ehtiyojni yo‘qotadi», — deydi tadqiqot rabhari Keyichiro Suzuki.

Tarjibaga uchragan sichqonlarda ekzenatid darajasi qonda uzoq vaqt barqaror saqlanib turgan, ular kamroq ovqat iste’mol qilgan, sekinroq semirgan va glyukozani yaxshiroq o‘zlashtirgan. Hech qanday nojo‘ya ta’sirlar qayd etilmagan.

Olimlarning fikricha, bu usul nafaqat semizlik, balki 2-tur qandli diabet va yallig‘lanish kasalliklari kabi aniq genetik mutatsiyalarga bog‘liq bo‘lmagan boshqa surunkali kasalliklarni ham davolash uchun mos kelishi mumkin.

Agar ushbu usulning samaradorligi keyingi tadqiqotlarda tasdiqlansa, u uzoq muddatli ta’sirga ega bo‘lgan, bemorlarni muntazam ukoldan xalos etuvchi, hayot sifatini oshiruvchi yangi dori vositalarining asosiga aylanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version