Jamiyat

Yaponiyadan yana ikki o‘zbekistonlik chiqarib yuborildi

Published

on


15-may kuni Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi mamlakatda noqonuniy ravishda yashab turgan 2 nafar O‘zbekiston fuqarosini chiqarib yubordi. Bu haqda Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi xabar berdi.

«Har ikki shaxs “talaba” vizasi bilan Yaponiyaga borib, viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatda noqonuniy ravishda qolgan va rasmiylar tomonidan hibsga olingan. “Talaba” vizasi pul topish uchun emas, balki faqatgina o‘qish uchun beriladi. Agar noqonuniy yashash yoki noqonuniy mehnat qilish holatlari aniqlansa, politsiya tomonidan hibsga olish va ushlab turish, immigratsiya muassasalarida qamoqqa olish yoki deportatsiya qilish kabi qat’iy choralar ko‘riladi», — deb ma’lum qildi diplomatik vakolatxona.

Qayd etilishicha, Yaponiya hukumati qonunbuzarlik sodir etgan shaxslar haqida ma’lumotni O‘zbekiston hukumatiga ham taqdim qiladi. Shu sababli bunday shaxslarga nisbatan O‘zbekistonga qaytganidan keyin ham tegishli choralar ko‘rilishi mumkin. Shunga ko‘ra “Yaponiyada ishlash mumkin” qabilidagi takliflarga osongina ishonmaslik so‘ralgan.

«Shuningdek, odatda, Yaponiyada qochqin maqomini olish uchun murojaat qilinsa, “uzoq muddat qolish mumkin” yoki “ishlash mumkin” degan noto‘g‘ri ma’lumot tarqalgan. Shu kabi maqsadlar bilan qochqin maqomini olish uchun ariza berishga ruxsat etilmaydi. Agar qochqin maqomi rad etilsa, immigratsiya muassasasiga joylashtirish yoki deportatsiya qilish kabi choralar qo‘llanishi mumkin», — deyiladi rasmiy xabarnomada.

Elchixona soxta ma’lumot berish yoki noqonuniy usullar bilan qochqin maqomini olish uchun murojaat qilish jiddiy huquqiy choralar keltirib chiqarishidan ogohlantirgan.

Avval xabar berganimizdek, joriy yil 8-may kuni kuni Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi mamlakatda noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qilgandi.

Aprel oyida ham qonunchilik talablarini buzgani sabab yana ikki o‘zbekistonlik Yaponiyadan chiqarib yuborilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version