Jamiyat
Yaponiyada vafot etgan fuqaroning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi
Joriy yilning 1 avgust kuni Yaponiyada halok bo‘lgan ayolning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi.
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq mamlakatning Yaponiyadagi elchixonasi va Migratsiya agentligi tomonidan jasadni vatanga qaytarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash, marhumaning 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari hamda turmush o‘rtog‘iga aviachiptalar xarid qilishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Elchixona konsullik xodimi tomonidan vafot etgan fuqaroning jasadini reysga topshirishdagi tashkiliy ishlarda ko‘mak ko‘rsatilib, ushbu reys bilan O‘zbekistonga qaytayotgan oila a’zolarini aeroportda kuzatib qo‘yildi.