Dunyodan
Yaponiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Bugun, 20-aprel kuni Yaponiya shimoli-sharqiy sohillari yaqinida 7,4 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Mamlakat meteorologiya agentligi zudlik bilan qirg‘oqbo‘yi hududlarida sunami xavfi haqida ogohlantirdi.
Zilzila bizning vaqt bilan soat 12:53 da Tinch okeanida Ivate prefekturasi qirg’oqlari yaqinida 10 km chuqurlikda sodir bo’lgan.
Tsunami balandligi 3 metrgacha yetishi mumkinligi haqida ogohlantirildi. Tsunami xavfi asosan Ivate, Aomori, Miyagi va Xokkaydo janubida.
Kuchli silkinishlar poytaxt Tokioda ham sezilgan.
Yaponiya hukumati xavfli hududlarda yashovchi odamlarni zudlik bilan balandroq joyga ko‘chishga chaqirdi. Bu hududlarda tezyurar temir yo‘l qatnovi vaqtincha to‘xtatilgan. Qurbonlar haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo’q.