Iqtisodiyot

Yapon kompaniyalari O‘zbekistondagi quyosh elektr stansiyalari loyihalariga qo‘shiladi

Published

on


Yaponiya Xalqaro hamkorlik banki (JBIC) O‘zbekistonda jami 1000 MVt quvvatga ega ikki quyosh elektrostansiyasi va ular bilan bog‘liq energiyani saqlash tizimlarini moliyalashtirish uchun 1,45 milliard dollarlik paket shakllantirmoqda. Loyihada Saudiyaning ACWA Power asosiy investor sifatida 51 foiz ulush bilan qatnashadi, yapon kompaniyalari esa sherik sifatida jalb etilmoqda.

«Dunyo» axborot agentligi xabariga ko‘ra, JBIC boshchiligidagi moliyaviy paket O‘zbekistonda qayta tiklanadigan energetika loyihalarini jadal amalga oshirishga qaratilgan. Nikkei Asia nashrining yozishicha, loyihada Yaponiyaning Sumitomo Corp., Chubu Electric Power va Shikoku Electric Power kompaniyalari hamkor sifatida ishtirok etadi. Asosiy moliyalashtirishning 635 million AQSh dollari JBIC hissasiga to‘g‘ri keladi. Qolgan hamkor moliyaviy institutlar qatorida Sumitomo Mitsui Banking Corp. (SMBC), Norinchukin Bank va davlat qo‘lloviga ega Nippon Export and Investment Insurance (NEXI) sug‘urta korporatsiyasi qayd etilgan.

Loyiha doirasida quyosh generatsiyasi bilan birga batareyali energiyani saqlash tizimlari (BESS) ham joriy etiladi. Bu tarmoq barqarorligini oshirish, pik soatlarda yuklamani yumshatish va energiya yo‘qotishlarini qisqartirishga xizmat qiladi.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, O‘zbekiston hukumatining 2030 yilga qadar elektr generatsiyasida qayta tiklanadigan manbalar ulushini 10 foizdan 54 foizga yetkazish rejasi xalqaro sherikliklar uchun keng imkoniyatlar yaratyapti. Ushbu moliyaviy paket “yashil” energetikaga o‘tish sur’atlarini tezlashtirishi va mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yanada oshirishini kutmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version