Iqtisodiyot

Yanvarda tashqi savdo aylanmasi 1,3 mlrd dollarga oshdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar oyida O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 5,8 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,3 mlrd dollarga yoki 29,2 foizga o‘sgan.

Ma’lum qilinishicha, yanvar oyida tashqi savdo aylanmasi tarkibida eksport 1,7 mlrd dollarni tashkil etgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 26,7 foizga oshgan. Import hajmi esa 4,1 mlrd dollar bo‘lib, 30,3 foizlik o‘sish qayd etilgan.

Shuningdek, 2026 yilning ilk oyida O‘zbekiston jahonning 145 dan ortiq mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirgan.

Tashqi savdo aylanmasida eng katta ulush quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:

Xitoy — 27,9 foiz;

Rossiya — 18,7 foiz;

Qozog‘iston — 7,1 foiz;

Turkiya — 3,6 foiz;

Afg‘oniston — 2,4 foiz.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkichlar tashqi iqtisodiy aloqalar faolligi oshgani, shuningdek, import va eksport operatsiyalari ko‘lami kengayganini ko‘rsatadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version