Jamiyat

Yangiyo‘ldagi to‘yxonada mushtlashuv sodir bo‘ldi

Published

on


To‘yxona oldidagi avtoturargohda ikki yigit o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Qolganlar ularni ajratib qo‘yishga uringan. Janjalda ishtirok etganlar protsessual tartibda ushlandi.

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l shahridagi to‘yxonalardan birida janjal sodir bo‘ldi. Kun.uz’ga kelib tushgan videolavhada ko‘rinishicha, to‘yxona oldidagi avtoturargohda ikki yigit o‘zaro mushtlashgan.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi axborot xizmati rahbari Bobur To‘laganov holat yuzasidan izoh berdi. Unga ko‘ra, mushtlashuv 9 sentabr kuni soat 21:00 lar atrofida sodir bo‘lgan. Avvaldan bir-biriga tanish bo‘lgan ikki fuqaro o‘zaro gap talashib, janjallashgan. Jarayonga ularni ajratmoqchi bo‘lgan boshqa fuqarolar ham qo‘shilgan. Hodisa videokuzatuv kamerasida qayd qilingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi, ya’ni bezorilik bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Janjalda ishtirok etganlar shahar IIB xodimlari tomonidan protsessual tartibda ushlangan.

Janjalda ishtirok etgan barcha shaxsga chora ko‘rilib, qonun ustuvorligi to‘liq ta’minlanishi ma’lum qilindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version