Jamiyat

Yangihayot tumanida ehson qutisini o‘g‘irlashda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Published

on


Noma’lum shaxs Yangihayot tumani “Tashabbus” mahallasi hududidagi do‘konlarning biri oldida o‘rnatilgan ehson qutisini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Toshkent shahar IIBB ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxs do‘kon yoniga o‘rnatilgan xayriya qutisini o‘g‘irlab ketgani aks etgan video bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 28 yanvar kuni soat taxminan 18.00 larda noma’lum shaxs poytaxtning Yangihayot tumani “Tashabbus” mahallasi hududidagi do‘konlarning biri oldida o‘rnatilgan ehson qutisini o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni sodir etishda gumon qilingan fuqaro D.I. aniqlanib, qo‘lga olingan.

“Holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version