Jamiyat

Yangi yilda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Published

on


Yaqinlashib kelayotgan Yangi yil munosabati bilan qo‘shimcha yoki ko‘chirilgan dam olish kunlari nazarda tutilmagan. 31 dekabr – bayramoldi qisqartirilgan ish kuni bo‘ladi. 2026 yil 2 yanvar odatdagi ish kuni hisoblanadi.

Yakuniga yetayotgan yilning qolgan qismida O‘zbekistonda qo‘shimcha yoki boshqa sanaga ko‘chirilgan dam olish kunlari nazarda tutilmagan.

Mehnat kodeksining 187-moddasiga muvofiq, 31 dekabr – bayramdan oldingi kamida 1 soatga qisqartirilgan ish kuni bo‘ladi.

2026 yil 1 yanvar – payshanba Yangi yil bayrami sifatida dam olish kuni bo‘ladi.

2 yanvar – juma esa barcha xodimlar uchun odatdagi ish kuni hisoblanadi.

2026 yil 3 yanvar – shanba 5 kunlik ish haftasidagilar uchun odatiy dam olish, 6 kunlik ish haftasidagilar uchun esa odatiy ish kuni hisoblanadi.

4 yanvar – yakshanba barcha uchun odatdagidek dam olish kuni bo‘ladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version