Jamiyat

Yangi Namangan tumaniga yangi hokim tayinlandi

Published

on


Xalq deputatlari Yangi Namangan tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov kun tartibidagi masala yuzasidan ma’ruza qildi.

Viloyat rahbari keyingi yillarda Yangi Namangan tumanida olib borilgan ishlar, erishilgan yutuqlar barobarida, ishga solinmagan imkoniyatlar haqida to‘xtalib, odamlarning bugunidan rozi bo‘lib yashashlariga erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalarni belgilab berdi.

Sessiyada deputatlar Namangan viloyati hokimining Abdullayev Jobir Sharifovichni Yangi Namangan tumani hokimi  vazifasidan ozod qilish va tuman kengashining deputatlik vakolatini muddatidan oldin soqit qilish haqidagi qarorlarini tasdiqladilar.

Shuningdek,  Karabayev Adham Jakbaraliyevichni Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qaror bir ovozdan ma’qullandi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version