Jamiyat

Yandex Uzbekistan “zapravka”lar xizmatini ishga tushirdi – yoqilg‘ini kontaksiz to‘lash endi yanada qulay

Published

on


Bu xizmatdan Yandex Go super ilovasida yoki Yandex Fuel ilovasida foydalanish mumkin, yaqin orada to‘lov Yandex Maps va Yandex Navigator ilovalarida ham mavjud bo‘ladi.

Yoqilg‘i uchun to‘lovni amalga oshirish: haydovchi ilovada eng yaqin AYoQShni tanlab, marshrutni quradi. So‘ng shoxobcha xaritasini ochib, kolonka raqamini, kerakli miqdorni yoki litrni belgilaydi va to‘lovni tasdiqlaydi. Shu bilan kassaga borish yoki naqd pul qidirishga hojat qolmaydi. Agar shoxobchada xodim bo‘lsa, mashinadan tushish ham shart emas.

15 litr yoqilg‘i yoki 15 m³ gazdan boshlab buyurtma qilinganda Yandex Plus obunasi bilan foydalanuvchilar 8% gacha keshbek ballarini olishlari mumkin. Shuningdek, Yandex Taxi bilan hamkorlik qilayotgan haydovchilar Yandex Fuel orqali to‘lov qilganda, 5 oktyabrgacha 5% chegirmaga ega bo‘lishadi. Ijrochilar uchun batafsil ma’lumotni ilovadan topsa bo‘ladi.

Yandex Taxi bilan hamkorlik qilayotgan haydovchilar naqd pulsiz tushumni olgach, yoqilg‘ini o‘z balanslaridan bevosita to‘lashlari mumkin.

Yandex Plus – bu turli xil ko‘ngilochar servislarni birlashtirgan ko‘p xizmatli obuna. Kinopoisk orqali filmlar, seriallar, telekanallar va sport translatsiyalarini tomosha qilish mumkin. Yandex Music sevimli qo‘shiqlar va shaxsiy tanlovga asoslangan musiqiy tavsiyalarni taqdim qiladi. Yandex Booksda esa 250 mingdan ortiq elektron kitob, audiokitob va komikslar jamlangan.

Bundan tashqari, Yandex Plus obunachilari Yandex Go orqali bepul ovqat buyurtma qilishlari va xaridlaridan ball ko‘rinishida keshbek olishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version