Jamiyat
Yamanda nimalar bo‘lmoqda? Xusiylar jiddiy bayonot berdi
Xusiylar harakati vakili Yahyo Sariyaning so‘zlariga ko‘ra, «Ansar Alloh» jangarilari Yamanning Taiz va Al-Hodayda viloyatlaridagi umumiy maydoni 5 400 kvadrat kilometr bo‘lgan oltita tumanni nazoratga oldi.
«Ko‘p tomonlama harbiy operatsiya Saudiya Arabistoni qo‘shinlarini g‘anbiy qirg‘oqbo‘yi mintaqalaridan quvib chiqarish maqsadida olib borilmoqda», — dedi Yahyo Sariya Al-Marisax telekanalida.
Yamanning g‘arbiy qirg‘og‘i Bab al-Mandab bo‘g‘oziga chiqish imkoniyati tufayli strategik ahamiyatga ega.
U Qizil dengizni Adan ko‘rfazi bilan bog‘laydi va Suvaysh kanalining janubiy darvozasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu Osiyodan Yevropaga tovarlarni tashish uchun eng qisqa dengiz yo‘li.