Jamiyat

Yakkasaroy tumanida Cobalt, Hyundai va Jetour to‘qnashdi

Published

on


Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot taqdim etildi.

Joriy yilning 30 sentabr kuni soat 21:15 larda Yakkasaroy tumani KHAY ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Cobalt, Hyundai va Jetour rusumli avtomashinalar to‘qnashishi natijasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version