Jamiyat

Yagona ijtimoiy reyestr: oilalar 3 toifaga ajratiladi

Published

on


2026 yil 1 fevraldan qonunchilikka muvofiq “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” va Kambag‘al oilalar reyestri asosida yagona ijtimoiy reyestr yuritiladi. Reyestr davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan oilalar (shaxslar)ni aniqlash hamda ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholashga xizmat qiladi.

2026 yil 1 fevraldan mamlakatda yagona ijtimoiy reyestr yuritiladi. U “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” hamda Kambag‘al oilalar reyestri negizida shakllantiriladi.

Yangi reyestr “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimida yuritilib, davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari taqdim etiladigan oilalar (shaxslar)ni aniqlash va ularning ijtimoiy-iqtisodiy holatini baholash vazifalarini bajaradi. Shu orqali ijtimoiy yordam choralarini manzilli tashkil etish, ehtiyojmandlarni baholashda yagona yondashuvni joriy qilish ko‘zda tutiladi.

Qayd etilishicha, ijtimoiy reyestrda oilalar (shaxslar) quyidagi uch toifaga ajratiladi:

davlat ta’minotidagi oila — davlat tomonidan belgilangan ta’minot asosida qamrab olingan oilalar;

kambag‘al oila — ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ko‘ra kambag‘al deb baholangan oilalar;

kambag‘allik chegarasidagi oila — kambag‘allikka yaqin bo‘lgan, xavf guruhidagi oilalar.

Yagona reyestrning joriy etilishi orqali ijtimoiy himoya tizimida ma’lumotlarni birlashtirish, baholash mexanizmlarini tizimlashtirish va davlat yordamini maqsadli ravishda taqdim etish samaradorligi oshirilishi kutilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version