Jamiyat

Xovos tumaniga yangi hokim tayinlandi

Published

on


Xovos tumanida Xalq deputatlari tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi. Tahliliy-tanqidiy ruhda o‘tgan sessiya ishida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi. 

Erkinjon Turdimov o‘z nutqida tumanda bir qator muhim yo‘nalishlarda jiddiy qoloqlik va sustkashlik holatlari mavjudligini keskin tanqid qildi. 

Kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini oshirish, investitsion loyihalarni ishlab chiqish va amalda yo‘lga qo‘yish, eksport hajmini ko‘paytirish kabi ustuvor masalalarda tuman birinchi rahbarining tashabbusi, mas’uliyati va talabchanligi yetarli darajada emasligini bildirdi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

Shu kunga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Yo‘ldoshev Ulug‘bek Xasanovich egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Deputatlar tomonidan Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Yuldashev Qomus Mirovich nomzodi Xovos tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi. 

Ma’lumot uchun, Qomus Yuldashev 1983-yilda Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida tug‘ilgan. 2004-yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. 

Avvalroq Andijon viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar va Marhamat tumaniga hokim tayinlangandi. Shuningdek, Otabek Mavlonberdiyev Sirdaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va manaviy-marifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version