Sport

Xose Mariya Mendes – O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi

Published

on


Ispaniyalik taniqli futzal mutaxassisi Xose Mariya Mendes O‘zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

O‘zbekiston futzal federatsiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulovning yozishicha, federatsiya hamda murabbiy o‘rtasida ikki yillik shartnoma imzolangan.

Mendes muqaddam ikki bor O‘zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan: dastlab 2011–2012-yillarda, so‘ng 2014–2017-yillarda. Uning rahbarligi ostida terma jamoamiz Osiyo chempionatida 2014-yilda bronza, 2016-yilda esa kumush medalni qo‘lga kiritgan.

O‘zbekiston MTJdan tashqari, 2016–2017-yillarda mamlakat chempioni – «Ardus» klubida ham faoliyat yuritgan. Shuningdek, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasiga asos solib, qator iqtidorli futzalchilarni kashf etgan.

2019–2026-yillar davomida u yana Tailandda faoliyat olib bordi. Murabbiy sifatida ikki karra Osiyo kubogi vitse-chempioni, bronza medali sovrindori, shuningdek, klublar o‘rtasidagi Osiyo chempionati hamda Osiyo kubok egalari kubogi g‘olibi bo‘lgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version