Jamiyat
Xorvatiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik oila vatanga qaytarildi
Vengriyadagi elchixona konsullik bo‘limiga O‘zbekiston fuqarosi A.J. konsullik yordami so‘rab murojaat qilgan.
Murojaat davomida Xorvatiya hududida tug‘ilgan va muqaddam O‘zbekiston fuqarosi pasporti rasmiylashtirilmagan voyaga yetmagan bolaning Vatanga qaytish sertifikatini rasmiylashtirish zarurligi ma’lum qilingan.
Murojaatchi O‘zbekistonga qaytish uchun takroriy aviachiptalarni sotib olish uchun mablag‘i yo‘qligini aytgan.
Elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan Mehnat migrantlariga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachiptalarni sotib olishda moddiy yordam ko‘rsatish masalasini yechish uchun O‘zbekistonning vakolatli idoralari bilan ishchi aloqalar o‘rnatildi.
O‘tkazilgan muzokara va kelishuvlar natijasida arizachi va uning oila a’zolari ga 26 dekabr kuni vatanga qaytish uchun aviachiptalar sotib olindi.