Jamiyat
Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi
O‘zbekiston diplomatlari ko‘magida Xorvatiyada og‘ir kasallikka chalingan fuqaro oilasi bag‘riga qaytarildi.
Mamlakatimiz elchixonasi (qarorgohi Budapesht shahrida joylashgan) ma’lumotiga ko‘ra, V.J. 2022 yilda Xorvatiyaga vaqtincha ishlash maqsadida kelgan. 2025 yil 18 aprel kuni uning salomatligi keskin yomonlashib, Riyeka shahridagi klinik kasalxona markazining reanimatsiya bo‘limiga insult tashxisi bilan yotqizilgan. O‘tgan vaqt davomida unga zarur jarrohlik amaliyotlari o‘tkazildi.
Xorijiy hamkorlar bilan olib borilgan muzokaralar natijasida va O‘zbekistonning vakolatli organlari ko‘magida V.J. dastlab shifokorlar nazorati hamda tibbiy talablarga rioya qilingan holda Germaniyaga yetkazildi. Shundan so‘ng, Myunxen–Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha aviareysda reanimatolog hamrohligida O‘zbekistonga qaytarildi.