Iqtisodiyot
Xorijlik tadbirkorlar asosan Toshkent shahri va viloyatini tanlamoqda
2025 yil 1 dekabr holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokidagi 17 900 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning asosiy qismi Toshkent shahri va Toshkent viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchi — bu yerda 11 369 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Keyingi o‘rinda Toshkent viloyati bo‘lib, hududda 2 330 ta xorijiy investitsiyali korxona qayd etilgan.
Shu tariqa, Toshkent shahri va viloyatida jami 13 699 ta korxona joylashgan bo‘lib, bu umumiy ko‘rsatkichning katta qismini tashkil etadi.
Qolgan hududlar kesimida Samarqand viloyatida 661 ta, Farg‘ona viloyatida 609 ta, Surxondaryo viloyatida 492 ta xorijiy investitsiyali korxona faoliyat yuritmoqda. Andijonda — 404 ta, Buxoroda — 377 ta, Navoiyda — 307 ta korxona qayd etilgan.
Shuningdek, Sirdaryo viloyatida 270 ta, Namangan viloyatida 261 ta, Jizzax viloyatida 248 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 218 ta, Xorazm viloyatida 196 ta, Qashqadaryo viloyatida esa 158 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda.