Mahalliy
Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi
Xorijiy va nodavlat OTMlarga ajratilgan 1 320 ta davlat granti bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Ro‘yxatdan o‘tish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Ilova (quyidagi rasm)da keltirilgan OTMlarga to‘lov-kontrakt asosida tavsiya etilgan abituriyentlar — ular test sinovlarida ishtirok etadi;
davlat OTMlariga hujjat topshirib, testdan o‘tgan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar (agar yo‘nalish va fanlar mos kelsa) — ular o‘zlari to‘plagan ballari asosida, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bo‘lsa, tanlovda qatnashadi. Test topshirmaydi.
Muhim sanalar:
Ro‘yxatdan o‘tish: 5-oktyabrga qadar (shu kuni ham)
Test sinovlari: 12-oktyabrgacha o‘tkaziladi
Natijalar: 17-oktyabrgacha aniq bo‘ladi.
Eslatma: ro‘yxatdan o‘tishda testda ishtirok etadigan abituriyentlardan Prezidentning qarori (PQ–4319-son, 14.05.2019)ga muvofiq belgilangan miqdordagi to‘lov undiriladi.
Batafsil: https://t.me/eduuz/38258