Iqtisodiyot
Xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar: hududlar reytingi e’lon qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 fevral holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 18 513 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Ularning 4 282 tasi qo‘shma, 14 231 tasi esa xorijiy korxona hisoblanadi.
Qayd etilishicha, xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalarning eng katta qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi — 11 684 ta (jamiga nisbatan 63,1 foiz). Ikkinchi o‘rinda Toshkent viloyati — 2 467 ta ( 13,3 foiz). Natijada Toshkent shahri va viloyati ulushi umumiy ko‘rsatkichning 76,4 foizini tashkil etadi.
Hududlar kesimida xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalar soni:
Toshkent shahri — 11 684 ta;
Toshkent viloyati — 2 467 ta;
Samarqand viloyati — 694 ta;
Farg‘ona viloyati — 632 ta;
Surxondaryo viloyati — 509 ta;
Andijon viloyati — 435 ta;
Buxoro viloyati — 379 ta;
Navoiy viloyati — 310 ta;
Sirdaryo viloyati — 288 ta;
Namangan viloyati — 266 ta;
Jizzax viloyati — 260 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 222 ta;
Xorazm viloyati — 200 ta;
Qashqadaryo viloyati — 167 ta.
Shuningdek, taqsimotdan ko‘rinib turibdiki, top-5 hudud (Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Samarqand, Farg‘ona, Surxondaryo) ulushiga jami korxonalarning 86,4 foizi to‘g‘ri kelmoqda.