Siyosat

Xitoydagi ShHT sammiti 31-avgust – 1-sentyabr kunlari o‘tkaziladi

Published

on


Xitoyning Tyanszin shahrida o‘tadigan ShHT sammitida 20 dan ortiq mamlakatlar rahbarlari va 10 ta xalqaro tashkilot vakillari qatnashadi. Bu haqda XXR TIV rahbarining yordamchisi Lyu Bin ma’lumot berdi.

Tyanszindagi Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti 31-avgust – 1-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Xabarga ko‘ra, sammitga Rossiya, Belarus, Eron, Turkiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Ozarbayjon, Armaniston kabi mamlakatlarning yetakchilari va boshqa siyosatchilar taklif etilgan.

Ma’lumot uchun: ShHTga 2001-yilda asos solingan. A’zo mamlakatlar: Xitoy, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston, O‘zbekiston va Belarus.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version