Dunyodan
Xitoyda yuz bergan yirik avtohalokatda 13 kishi halok bo‘ldi
Xitoyning Xenan provinsiyasi, Nanyan shahridagi avtomobil yo‘lining bir qismida YTH sodir bo‘ldi.
Ortiqcha yuklangan mikroavtobus oldida yarim tirkama yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan. Sinxua agentligining xabar berishicha, 13 kishi halok bo‘lgan, uch kishi yaralangan.
Hodisa 28-may kuni mahalliy vaqt bilan soat 02:40 atrofida sodir bo‘lgan. To‘qqiz yo‘lovchiga mo‘ljallangan furgonda 16 kishi bo‘lgan.
Xitoy jamoat xavfsizligi vazirligi Nanyanga tergov o‘tkazish uchun maxsus guruh jo‘natdi.