Dunyodan

Xitoyda “shakar solig’i” ni joriy etish imkoniyati

Published

on


Financial Times gazetasining yozishicha, Xitoy “shakar solig’i”ni joriy qilishi mumkin.

Mamlakat rasmiylari shakarli ichimliklar uchun alohida soliq joriy etish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu chora nafaqat byudjet daromadlarini oshirish, balki shakarni iste’mol qilish natijasida aholi salomatligiga yetkaziladigan zararni kamaytirishi kutilmoqda.

Xitoy shakarli ichimliklarga milliy soliq solmaydigan bir necha yirik davlatlardan biridir. Ma’lumot uchun: Dunyo bo‘ylab taxminan 115 ta davlatda uzoq vaqtdan beri bunday cheklovlar mavjud.

Pekin universiteti va Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasi tadqiqotiga ko‘ra, 20% shakar solig‘i minglab bevaqt o‘limning oldini oladi. Bu chora semizlik, diabet va boshqa surunkali kasalliklar xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yil iyul oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) barcha davlatlarni shakarli ichimliklar chakana narxidan kamida 20 foiz soliq joriy etishga chaqirgan edi. Maqsad – 2035 yilgacha iste’molni 50 foizga kamaytirish.

Xitoyning 2025-yilda e’lon qilingan yangi parhez qoidalariga ko‘ra, 2030-yilga borib kishi boshiga shakar iste’moli kuniga 25 grammgacha kamayishi kerak. Hozirda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 30 grammni tashkil qiladi.

Vashington Post gazetasiga ko’ra, 2025 yilga borib xitoylik kattalarning yarmidan ko’pi ortiqcha vaznga ega bo’ladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version