Iqtisodiyot
Xitoy O‘zbekiston bilan geologik qidiruv ishlarida hamkorlikni kengaytiradi
Xitoy kompaniyasi O‘zbekiston bilan qimmatbaho va strategik ahamiyatga ega bo‘lgan foydali qazilmalar konlarining istiqbolli uchastkalarida geologik qidiruv ishlarini olib borish bo‘yicha hamkorlikni kengaytiradi.
Xitoyga tashrif doirasida bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning China National Gold Group milliy oltin qazib olish korporatsiyasi vakillari bilan muzokaralar o‘tkazdi, muzokaralar yakunida ikki tomonning investitsiyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, erishilgan kelishuvlarga muvofiq, China National Gold Group kompaniyasi qimmatbaho va strategik ahamiyatga ega foydali qazilmalar konlarining istiqbolli uchastkalarida geologik qidiruv ishlarini amalga oshirish, yerosti boyliklaridan foydalanish, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, mutaxassislar tayyorlash, shuningdek, ustuvor loyihalarga investitsiyalar jalb etish yo‘nalishlarida hamkorlikni kengaytiradi.