Dunyodan

Xitoy kuchli gipertovushli raketani sinovdan o‘tkazdi

Published

on


Xitoy YJ-21 kuchli gipertovushli raketasini sinovdan o‘tkazdi.

Xitoyning Global Times nashri va Xalq ozodlik armiyasining rasmiy axborot resurslari mamlakat harbiy-dengiz kuchlarining Type 055 Vuxi yirik esminetsi yangi avlod gipertovushli raketasini muvaffaqiyatli uchirgani haqida xabar berdi.

Sinovning aniq sanasi va joyi sir saqlangan bo‘lsa-da, e’lon qilingan videoda raketaning texnik imkoniyatlariga oid muhim ma’lumotlar ochib berilgan.

Gap YJ-21 (ba’zi manbalarda YJ-20 deb ataladi) gipertovushli raketasi haqida ketmoqda.

Raketa esminetning orqa qismidagi vertikal uchirish tizimidan (VLS) “sovuq uchirish” usulida uchirilgan. Ya’ni, raketa avval kameradan siqilgan gaz yordamida uchiriladi va ma’lum balandlikka erishgandan so’ng asosiy dvigatel ishga tushiriladi.

Raketa mo’ljallangan nishonni aniq yo’q qildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version