Jamiyat

Xitoy kompaniyasi Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Published

on


Air China aviakompaniyasi Pekin va Toshkent o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni ochdi. 

Xitoyning Air China milliy aviatashuvchisi xalqaro miqyosdagi ishtirokini kengaytirishda davom etmoqda va Pekin-Toshkent-Pekin yo‘nalishi bo‘yicha muntazam reyslarni ochish orqali ilk bor O‘zbekiston bozoriga kirmoqda. 

19 iyul kuni soat 19:40 da Toshkent xalqaro aeroportiga aviakompaniyaning birinchi reysi kelib qo‘ndi. 

Zamonaviy Boeing-737 laynerida yetib kelgan ekipaj va yo‘lovchilar an’anaviy suv arkasi va gullar bilan kutib olindi. 

“Biz Xitoy va O‘zbekiston poytaxtlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishdan mamnunmiz. Ishonchimiz komilki, bu yo‘nalish savdo, sayyohlik va madaniy aloqalarni rivojlantirishda muhim bo‘g‘inga aylanadi. Air China nafaqat yo‘lovchilarni tashish, balki odamlarni, shaharlarni va imkoniyatlarni bog‘lovchi yangi ufqlarni ochishga intiladi. Biz aviakompaniya parvozlarning har bir bosqichida ishonchlilik, qulaylik va yuqori xizmat ko‘rsatishga e’tibor qaratamiz”, — deya ta’kidladi kompaniya vakili. 

Parvozlar haftasiga uch marta – seshanba, payshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. 

 Air China – Xitoyning eng yirik va asosiy aviatashuvchisi. Star Alliance a’zosi hisoblanadigan kompaniya 1988 yilda tashkil etilgan va Pekin aeroportida joylashgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version