Dunyodan
Xitoy, Fransiya va Rossiya Eronni harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Xitoy, Fransiya, Rossiya va mintaqadagi boshqa koʻplab davlatlar Eronni harbiy amaliyotlarni toʻxtatishga chaqirdi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Kozim G‘aribobodiy ma’lum qildi.
Bayonotga koʻra, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining uch doimiy aʼzosi (Rossiya, Xitoy va Fransiya) Tehronni mintaqadagi keskinlikning oldini olish uchun vazminlikka chaqirgan.
Gʻolibobodiyning aytishicha, Eron urushni kuchaytirish niyatida emas, lekin oʻz manfaatlari va hududiy yaxlitligiga qarshi hujumlarga javob berish huquqini oʻzida saqlab qoladi.
“Uchlik” (Xitoy, Fransiya va Rossiya) AQSh, Isroil va Eron o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri mojaro Yaqin Sharqda keng ko‘lamli, nazorat qilib bo‘lmaydigan urushga aylanib ketishidan xavotirda. Bu chaqiriq mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash yoʻlidagi muhim diplomatik qadam sifatida koʻrilmoqda.