Dunyodan
Xitoy elektromobillari Yevropa bozorida rekord ulushga erishdi
Aprel oyida Yevropa bozorida Xitoy brendlaridan elektromobillar sotuvi ikki baravardan ziyod oshib, 38 ming donaga yetdi.
Natijada, xitoylik ishlab chiqaruvchilar Yevropa elektr avtomobil bozorining 15% dan ortig’ini egalladi.
Bloomberg ma’lumotlariga ko’ra, Xitoy kompaniyalarining umumiy Yevropa avtomobil bozoridagi ulushi 10 foizga yaqinlashmoqda.
Xususan, tashqi quvvatga ega gibrid avtomobillar sohasida Xitoy brendlarining ulushi taxminan 29% ni tashkil etdi.
Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, Xitoy avtomobil kompaniyalari shiddatli narx raqobati va ichki bozordagi foydaning pasayishi tufayli Yevropa bozoriga agressiv kirib bormoqda.