Jamiyat

Xavfli jinoyatda ayblangan shaxs Polshadan olib kelindi

Published

on


O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi. 

O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi, mamlakatimiz elchixonasi va Polshaning tegishli idoralari hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijasida xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro A.A mazkur mamlakat hududida qo‘lga olindi va yurtimizga qaytarildi.

A.A. Interpolning qizil sirkulyari orqali qidiruvga berilgan bo‘lib, u O‘zbekiston hududida firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda.

“Qonun oldida hamma teng. Jinoyat sodir etgan har qanday shaxs albatta javobgarlikka tortiladi. O‘zbekiston elchixonasi barcha fuqarolarni qayerda bo‘lishlaridan qat’iy nazar qonun-qoidalarga rioya qilishga chaqiradi”, – deyiladi O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi e’lon qilingan xabarda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version