Sport

Xalqaro turnirda O‘zbekiston Kanadani yengdi

Published

on


O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Ispaniyadagi xalqaro turnirda ishtirok etmoqda.

Bugun o‘tkazilgan 2-turda Islom Ismoilov shogirdlari Kanada U-17 jamoasiga qarshi o‘ynadi. Asosiy vaqtda durang (2:2) qayd etildi, penaltilar seriyasida biznikilar aniqroq tepishdi — 6:5.

O‘zbekiston U-17 jamoasining gollariga (asosiy vaqt) Abdusamad Saidov va Sadriddin Hasanov mualliflik qildi.

Musobaqada Marokash va Angliya o‘smirlar jamoalari ham ishtirok etyapti. Birinchi turda jamoamiz Angliyaga yengilgan edi (1:3).



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version