Jamiyat

Xalqaro qidiruvdagi shaxs Polshadan O‘zbekistonga qaytarildi

Published

on


U O‘zbekiston hududida firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda.

Foto: O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi

O‘zbekiston Interpol Milliy markaziy byurosi, Polshadagi O‘zbekiston elchixonasi hamda ushbu mamlakatning tegishli idoralari hamkorligida xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro A.A O‘zbekistonga qaytarildi.

Elchixona xabariga ko‘ra, A.A. Interpolning qizil sirkulyari orqali qidiruvga berilgan bo‘lib, O‘zbekiston hududida firibgarlik sodir etganlikda ayblanmoqda.

Avvalroq, O‘zbekiston va Abu-Dabi Interpol Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida, BAA politsiyasining ko‘magi bilan qidiruvda bo‘lgan 12 nafar shaxs O‘zbekistonga qaytarilgan edi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version