Jamiyat

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Zagrebdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Published

on


O‘zbekiston va Xorvatiya Interpol milliy markaziy byurolarining muvofiqlashtirilgan harakatlari natijasida firibgarlik jinoyati uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Zagrebdan ekstraditsiya qilindi.

O‘zbekiston hamda Xorvatiya Interpol milliy markaziy byurolarining hamkorligi doirasida firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosini Zagreb shahridan ekstraditsiya qilish muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Qayd etilishicha, mazkur ekstraditsiya Interpol Zagreb milliy markaziy byurosi bilan yaqin hamkorlik va faol o‘zaro hamjihatlik, shuningdek O‘zbekistonning Vengriyadagi konsulligi tomonidan ko‘rsatilgan har tomonlama ko‘mak tufayli amalga oshgan.

Ma’lumotga ko‘ra, o‘tkazilgan tadbir xalqaro politsiya hamkorligining samaradorligini, shuningdek tomonlarning sodir etilgan jinoyatlar uchun javobgarlikning muqarrarligi tamoyiliga sodiqligini tasdiqlaydi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version