Siyosat

Voqealarni aniq, xolis va o‘z vaqtida yoritish muhokama qilindi

Published

on


O‘zbekiston prezidentining matbuot kotibi Sherzod Asadov BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohiga tashrif doirasida tashkilotning Yangiliklar xizmati direktori Yan Filips bilan uchrashuv o‘tkazdi.

«Suhbat chog‘ida voqealarni aniq, xolis va o‘z vaqtida yoritish masalalarini muhokama qildik. Ayniqsa, ulkan axborot oqimi sharoitida faktlarning haqqoniyligini tekshirish, dezinformatsiyaga qarshi kurashish hamda mediasavodxonlikni oshirish yo‘nalishidagi hamkorlikni kuchaytirish tobora dolzarb ahamiyat kasb etayotgani haqida yakdil fikr bildirdik.

O‘zbekistonning BMT doirasidagi muhim tashabbuslari va xalqaro tadbirlarini yoritishda BMT Yangiliklar xizmati tomonidan ko‘rsatilayotgan doimiy qo‘llab-quvvatlov uchun minnatdorlik bildirdim. Kelgusida ham yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi», deb yozdi Sherzod Asadov.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version