Sport

Vinisius maoshi Mbappenikidan yuqori bo‘lishini istamoqda

Published

on


Braziliyalik hujumchi Vinisius Junior va «Real Madrid» shartnomani uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda, deb xabar berdi AS nashri.

Futbolchi agenti orqali klubga ma’lum qilishicha, u yiliga 20 mln yevro (soliq ushlanganidan keyin) maosh olmoqchi. Vinisiusning hozirgi maoshi yiliga €15 mln — Kilian Mbappeniki bilan bir xil. Xabarga ko‘ra, «Real» rahbariyati Vinisiusga Mbappega qaraganda yuqori maosh to‘lashga tayyor emas.

Avvalroq Saudiya klublaridan biri Vinisiusga 1 mlrd yevrolik besh yillik shartnoma taklif qilgani haqida xabar tarqalgandi, ammo keyinchalik arablar shashtlaridan tushishgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version