Jamiyat

Veolia issiqliq tariflari nega oshayotganini tushuntirib berdi

Published

on


Oktyabrdan issiqlik ta’riflari 15% oshadi, lekin bu hali tannarxdan ancha past. Tannarx to‘liq qoplanishi uchun narxlar 5,5 baravar oshirilishi kerak.

Veolia Energy Tashkent 2025 yil oktyabr oyidan boshlab issiqlik ta’minoti tariflari oshirilishini e’lon qildi.

Kompaniya xabariga ko‘ra, bu energiya resurslari narxi oshishi bilan bog‘liq: may oyidan beri gaz narxi 20 foizga, elektr 11 foizga, sotib olinadigan issiqlik esa 13 foizga oshdi.

Shu sababli, aholi uchun issqlik tariflari 15 foizga, budjet tashkilotlari uchun 18,8 foizga, yuridik shaxslar uchun esa – 40 foizga oshirildi.

Bugungi kunda issiqlik ta’minoti shahar budjetining eng ko‘p subsidiyalanadigan yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Fuqarolar issiqlik xarajatlarining faqat 19,7 foizini to‘lamoqda, qolgani esa davlat hisobidan moliyalashtirilmoqda. Ammo hukumat strategiyasida 2030 yilgacha subsidiyalardan to‘liq voz kechish ko‘zda tutilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version