Iqtisodiyot

Vengriya Sirdaryoda parrandachilik klasterini barpo etadi 

Published

on


Joriy yilning 3 iyun kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Toshkent shahrida Vengriyaning OTP Group konserniga kiruvchi A-Invest Poultry Kft. kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi

Muzokaralar davomida Sirdaryo viloyatida 130 gektar maydonda zamonaviy parrandachilik klasterini yaratish bo‘yicha loyihaning texnik va moliyaviy jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, loyiha doirasida yer ajratish, infratuzilma bilan ta’minlash hamda investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Loyiha doirasida parrandachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishning barcha bosqichlarini o‘z ichiga olgan zamonaviy kompleks tizim qurilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida investitsiya loyihasini amalga oshirish mexanizmi va muddatlari bo‘yicha aniq kelishuvlarga erishildi hamda loyihani o‘z vaqtida hayotga tatbiq qilish yuzasidan bevosita hamkorlik qilish formati ishlab chiqildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version