Dunyodan

Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 2295 kishiga yetdi

Published

on


Venesueladagi kuchli zilzila qurbonlari soni 2295 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakat parlamenti prezidenti Xorxe Rodriges ma’lum qildi. Shuningdek, 11 mingdan ortiq odam jarohatlangan.

Prezident vazifasini bajaruvchi Delsay Rodriges qurbonlar xotirasiga butun mamlakat boʻylab yetti kunlik milliy motam eʼlon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vayronalar ostida hali ham tirik qolganlar bo‘lishi mumkin va qutqaruv ishlari to‘xtatilmaydi.

Eng katta yo’qotishlar La Guayra shtatida kuzatilgan. Xabarlarga ko‘ra, ko‘plab hukumat binolari vayron qilingan, ko‘plab mahalliy amaldorlar halok bo‘lgan. Qutqaruv guruhlari vayronalarni tozalash va omon qolganlarni qidirishda davom etmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version