Dunyodan
Venesuelada yetti kunlik milliy motam e’lon qilindi
Venesuela muvaqqat prezidenti Delsay Rodriges AQSh harbiy amaliyotida halok bo‘lgan xavfsizlik kuchlari xodimlari xotirasiga yetti kunlik milliy motam e’lon qildi.
Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Amerika hujumi natijasida Venesuela xavfsizlik kuchlarining kamida 24 nafar xodimi va 30 dan ortiq kubalik harbiy xizmatchi halok boʻlgan. Ushbu voqea munosabati bilan Kubada 5 va 6 yanvar kunlari xotiralar e’lon qilindi.
Delsi Rodriges xalqqa murojaatida mamlakat o‘zining tinch yo‘lidan og‘ishmasligini ta’kidladi.
“Bu yerda urush yo‘q, chunki biz urushayotganimiz yo‘q. Biz hujumga uchragan tinch davlatmiz. Tinchlik yo‘lida davom etamiz. Barcha venesuelaliklar millat birligini qo‘llab-quvvatlashi, kelajagimiz uchun harakat qilishi, tarix va qadr-qimmatimizni himoya qilishi kerak”, – dedi u.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 3 yanvar kuni Venesuela prezidenti Nikolas Maduro va uning rafiqasi AQSh harbiylari tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida qo‘lga olingan edi. Qo’shma Shtatlar prezident Maduroni giyohvand moddalar savdosi jinoyatlarida ayblaydi.