Dunyodan

Venesuelada keyingi 30 kun davomida saylovlar o‘tkazilmaydi

Published

on


AQSh prezidenti Donald Tramp yaqin 30 kun ichida Venesuelada saylovlar o‘tkazilmasligini aytdi. Uning aytishicha, birinchi navbatda ichki vaziyatni barqarorlashtirish zarur.

Prezident Tramp NBC telekanaliga bergan intervyusida “Birinchidan, biz ichki tartibni o‘rnatishimiz kerak. Saylovlarni o’tkazish mumkin emas. Bu vaqt talab etadi.”

Prezident Tramp Venesuela muvaqqat prezidenti Delsi Rodriges Oq uy bilan hamkorlik qilayotganini aytdi. Biroq u hamkorlik uzilib qolsa, AQSh yana kuch ishlatishi mumkinligini inkor etmadi.

“Biz bunga tayyormiz. Aslida bunday stsenariyni allaqachon tasavvur qilgan edik. Nikolas Maduro o’g’irlab ketilganidan keyin Venesuelaga qo’shin yuborishni rejalashtirgan edik”, – dedi Tramp.

Shu bilan birga, AQSh prezidenti Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Kolina Machadoni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bunga Tramp foydasiga tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti berilmagani sabab bo‘lgan.

“U g’alaba qozonmasligi kerak edi, ammo bu mening qarorimga umuman ta’sir qilmadi”, dedi Tramp.

Mutaxassislarning aytishicha, bu bayonotlar AQShning Venesuelaga nisbatan siyosatida harbiy va siyosiy majburlash usullari saqlanib qolayotganini ko‘rsatadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version