Dunyodan
Venesuela nafaqat neftga, balki temirga ham boy.
Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS, AQSh) Venesueladagi temir rudasi zahiralarini taxminan 428 milliard dollarga baholadi.
Venesuela temirga boy davlatlardan biri bo’lib, taxminan 4 milliard tonna temir rudasi bilan dunyoda 12-o’rinni egallaydi.
Hozirgi vaqtda bir tonna temirning narxi taxminan 107 dollarni tashkil etishini hisobga olsak, umumiy zaxiralar yuzlab milliard dollarni tashkil qiladi. Temir rudasini qazib olish uchun operatsion xarajatlar ko’pincha 40-50% dan oshishini hisobga olsak, qazib olishdan potentsial foyda 200 milliard dollardan oshishi mumkin. Taqqoslash uchun: Bu dunyodagi eng boy kompaniya Nvidia’ning 2025 yildagi sof daromadidan deyarli ikki baravar ko‘p.