Siyosat

Vashingtonda Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik kengashi faoliyat boshladi

Published

on


Vashington shahrida Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashini rasman ishga tushirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda kengash hamraislari — O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva hamda AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gor ishtirok etdi.

Tadbir doirasida ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, investitsiyalarni jalb qilish va biznes aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

«Ushbu tuzilma O‘zbekiston va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi biznes aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan samarali maydonga aylanishi shubhasiz. Bunga mamlakatlarimiz prezidentlarining qat’iy siyosiy irodasi mustahkam zamin yaratmoqda», — deya yozdi Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida.

Marosimdan oldin o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi biznes hamkorligining ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version