Sport
Uzunlikka sakrash bo‘yicha O‘zbekiston rekordi yangilandi
Anvar Anvarov uzunlikka sakrashda O‘zbekiston rekordini yangiladi. Bu haqda Olympic.uz xabar berdi.
Finlyandiyada o‘tkazilgan yengil atletika bo‘yicha xalqaro musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov uzunlikka sakrashda mamlakatimiz rekordini yangilab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
U 8,25 metr masofaga sakrab, bir necha hafta oldin Toshkentda o‘zi o‘rnatgan milliy rekordni (8,23 metr) yangiladi.
Qolaversa, mazkur musobaqaning balandlikka sakrash dasturida qatnashgan Barno Sayfullayeva 1,85 metr bilan bronza medaliga sazovor bo‘ldi.