Jamiyat
UzTest’da yirik o‘g‘irlik sodir bo‘ldi
UzTest’da katta o‘g‘irlik sodir bo‘lgani aytilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Germaniyadan O‘zbekistonga olib kelingan 3 dona sinov laboratoriya jihozining biri tag-tugi bilan yo‘qolib qolgan.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining UzTest — “O‘zbekiston ilmiy sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining Buxoro viloyat hududiy filialida 1 tonna 200 kg va umumiy narxi 150 mln so‘m miqdorida bo‘lgan “Tormoznoy stend” sinov uskunasi hamda 250 mln so‘mlik gaz balonlarni o‘lchash vositasi o‘g‘irlangan.
Shuningdek, tashkilotda 6 mlrd so‘m mablag‘ maqsadsiz sarflanib yuborilgan.
Agentlik rahbariyati bu ma’lumotga hozirgacha munosabat bildirgani yo‘q, UzTest mas’ullariga qanday choralar ko‘rilayotgani haqida izoh berishni ham ortga surmoqda, deyiladi xabarda.