Jamiyat
Uzbekistan Airways 11.11 aksiyasini davom ettiradi: parvozlarga 20 foizgacha chegirmalar
18 noyabrgacha yo‘lovchilar maxsus taklifdan foydalanishlari va O‘zbekistondan uchib ketishda barcha yo‘nalishlar uchun tarifning 20 foizgacha chegirma bilan aviachiptalarni sotib olishlari mumkin.
Uzbekistan Airways yo‘lovchilarga yanada foydaliroq sayohat qilish imkoniyatini taqdim etib, mashhur 11.11 aksiyasini davom ettirmoqda. Tarifdan 20 foizgacha chegirma aviakompaniyaning barcha mahalliy va xalqaro yo‘nalishlari bo‘yicha ekonom-klassdagi parvozlar, shu jumladan, borish va qaytish aviaqatnovlari uchun amal qiladi.
Aksiya tufayli siz qishki ta’tilni, biznes sayohatlarni yoki arzonlashtirilgan tariflar bo‘yicha chiptalarni sotib olish orqali yaqinlaringiz bilan uzoq kutilgan uchrashuvlarni rejalashtirishingiz mumkin. Parvoz davri cheklanmagan va e’lon qilingan parvozlar jadvaliga muvofiq barcha aviaqatnovlarga tatbiq etiladi: bu yo‘lovchilarga istalgan vaqtda sayohat qilish uchun qulay sanalarni tanlash imkonini beradi.
Chegirma miqdori:
• kattalar uchun – tarifning 20 foizgacha;
• salonda joy egallaydigan, 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar va 2 yoshgacha bo‘lgan go‘daklar uchun – bolalar chegirmasini hisobga olgan holda e’lon qilingan tarifning 20 foizgacha;
• salonda joy egallamaydigan, 2 yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlar uchun chegirma qo‘llanmaydi.
Aksiya 2025 yil 18 noyabrgacha aviakompaniyaning booking.uzairways.com saytida, Uzbekistan Airways Sales filialida va aviakompaniyaning rasmiy agentlari orqali aviachiptalarni xarid qilishda amal qiladi.
Aksiya shartlari bilan batafsil quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin:
👉 uzairways.com/uz/press-center/news/uzbekistan-airways-1111-aksiyasini-elon-qilmoqda
Reklama huquqi asosida