Sport

UYeFA Superkubogi sohibi penaltilar seriyasida aniqlandi

Published

on


«Pari Sen-Jyermen» yangi mavsumni yana bir xalqaro sovrin bilan boshladi.

Angliyaning «Tottenhem» klubi Fransiyaning «Pari Sen-Jyermen» klubiga mavsumning ilk sovrini – UYeFA Superkubogini boy berdi. O‘yin Italiyaning Udine shahrida bo‘lib o‘tdi.

Inglizlar o‘yinning katta qismida ustunlik qildi va haqli ravishda hisobda oldinga chiqib oldi, keyin esa Mika van de Ven va Kristian Romeroning gollari evaziga farqni oshirdi – 2:0.

PSJ raqib darvozasiga birinchi zarbani faqat ikkinchi bo‘limda yo‘lladi. Fransuzlar o‘yin oxirida jiddiy faollashib, 9 daqiqa ichida ikkita gol urdi.

85-daqiqada Kan In Li jarima maydoni tashqarisidan kuchli zarba yo‘llab, pastki burchakni ishg‘ol qildi va o‘yindagi intrigani qaytardi – 1:2. 94-daqiqada esa Gonsalu Ramush sherigining uzatmasini golga aylantirdi va hisobni tenglashtirdi – 2:2.

Shundan so‘ng jamoalar 11 metrlik bahslarda g‘olibni aniqlashdi. Bu yerda Luis Enrike shogirdlari aniqroq edi – 3:2. Shu tariqa, «Pari Sen-Jyermen» yangi mavsumni yana bir xalqaro sovrin – UYeFA Superkubogidagi g‘alaba bilan boshladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version