Sport
UYeFA Isroilni Yevropadagi musobaqalardan chetlatishi mumkin – OAV
Qayd etilishicha, Isroilni musobaqalardan chetlatish taklifini tashkilotning ovoz berishda qatnashuvchi 20 a’zosining aksariyati qo‘llab-quvvatlaydi, «faqat ikki-uchta davlatgina» bu tashabbusga qat’iyan qarshi.
UYeFA ijroiya qo‘mitasi 23 sentabr kuni Isroilni ushbu tashkilot shafeligi ostidagi musobaqalardan chetlatish masalasini ovozga qo‘yishi mumkin, deb xabar berdi Israel Hayom nashri.
Gazetaning yozishicha, ushbu tashabbus Isroil yaqinda zarba bergan Qatar tomonidan ilgari surilgan.
Qayd etilishicha, Isroilni musobaqalardan chetlatish taklifini tashkilotning ovoz berishda qatnashuvchi 20 a’zosining aksariyati qo‘llab-quvvatlaydi, «faqat ikki-uchta davlatgina» bu tashabbusga qat’iyan qarshi.
O‘z navbatida, Isroil futbol assotsiatsiyasi sportdagi va diplomatik ittifoqchilari yordamida mazkur masalani kun tartibiga qo‘ymaslikka urinmoqda.
«Biz bu borada barcha fronlarda ish olib bormoqdamiz», — degan nashrga Isroil futbol assotsiatsiyasidagi manba.