Jamiyat

Usta Shirin ko‘chasidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in kelib chiqdi

Published

on


Toshkent shahar Olmazor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida birlamchi ma’lumot taqdim etildi.

Bugun, 30 iyul kuni soat 09:58 da Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasida joylashgan sintepon ishlab chiqarish korxonalarining birida yong‘in bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Yong‘in qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 10:02 da yetib borgan, ayni vaqtda yong‘inni o‘chirish ishlari bajarilmoqda.

Yong‘in natijasida jabrlanganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.

Voqea joyiga Toshkent shahar FVB rahbariyati hamda mas’ul tashkilotlarning vakillari chiqqan.

Yong‘in soat 10:10 da qurshab olindi, deb xabar berdi Toshkent shahar FVB.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version